Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Inson xavfsizligi va toksikologiyasi” fani o`qituvchisi Karimova Nigora tomonidan barcha yo`nalishlar kesimida tahsil olayotgan II kurs talabalari uchun “ Yong`inni o`chirish usullari va vositalari” mavzusidagi nazariy, amaliy va laboratoriya dars mashg`uloti tashkil etildi.
Amaliy dars Shahrisabz shahar №4-yong`in qutqaruv qismining “Favqulodda vaziyatlar va yong`in o`chirish xizmati bo`limi”da amalga oshirildi.
№4-yong`in qutqaruv qismi boshlig`i Bobur Qurbonov ko`magida barcha yong’in xavfsizligini oldini olish va birlamchi o’t o’chirish vositalaridan to’g’ri foydalanish tartib-qoidalari yuzasidan tushunchalar berildi.