Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i:
Temirov Dilshod Negmatjonovich
Telefon: (+998 90) 373-96-06
E-mail: dilshodtemirov1989@mail.ru
1. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi Filailda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga boshchilik qilish, bo‘limga tegishli normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo‘limlar, jamoat ishlarida va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy tajribalarni umumlashtirish, adabiyotlar tayyorlash va ularni nashr qildirish, talabalarning ma’naviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi.
2. Bo‘limning maqsadi
2.1. Axloqiy-tarbiya ishlarini tashkil etish, yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talaba-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularni boy tarixiy-madaniy merosimiz va an’analarimizga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muxabbat va sodiqlik ruhida yoshlarni tarbiyalash.
2.2. Tarbiya jarayonida xalqning boy milliy-madaniy, tarixiy an’analari, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy-pedagogik shakl va vositalardan foydalanish orqali talaba-yoshlarda yot g‘oyalar va mafkuraviy tazyiqlarga nisbatan g‘oyaviy immunitetni shakllantirish.
2.3. Huquqiy va demokratik tamoyillar asosida talaba-yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustaxkamlash g‘oyasiga sodiqlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
2.4. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, talaba-yoshlarda tibbiy madaniyatni shakllantirish.
2.5. Professor-o‘qituvchi, talaba-yoshlarda kasbga sadoqat va mas’uliyat, jamoaga va o‘z vazifasiga hurmat hissini shakllantiradi.
3.Bo‘limning vazifalari
3.1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, Oliy Majlis Qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, viloyat xokimligi qaror va farmoyishlari, filial kengashi hamda direktorat yig‘ilish qarorlari ijrosini ta’minlash, ular asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yillik rejasini ishlab chiqish.
3.2. Jamoada ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish, korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
3.3. Har oyda rahbariyat bilan jamoa, talabalar va ota-onalar bilan uchrashuvlarni tashkil etish reja va jadvallarini ishlab chiqish, uning natijalari tahlilini amalga oshirish.
3.4. Yetuk mutaxassislarni taklif etgan holda “Axborot va murabbiylik soatlari”ni tashkil etish.
3.5. Eng faol, tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan talabalar ro‘yxatini shakllantirib, ularning mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va ota-onalariga direktor nomidan tashakkurnoma yuborilishini tashkil etish.
3.6. Murabbiylar kengashi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda seminarlar o‘tkazish.
3.7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari va asarlarini o‘rganish buyicha anjumanlar va taqdimotlar o‘tkazish.
3.8. Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalarni mamlakatimizning ma’naviy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy sohadagi yutuqlari bilan muntazam tanishtirib borish.
3.9. Talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtga sadoqatli, fidoiy qilib tarbiyalashga qaratilgan uchrashuv, ochiq-muloqot, davra suhbati, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish.
3.10. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uning ijrosini qat’iy ta’minlash. Ijodiy, badiiy-havaskorlik va sport to‘garaklari, “Yoshlar klubi”, “Zakovat” intellektual klubi, “Talabalar teatr-studiyasi” faoliyatini muntazam nazorat qilish, muvofiqlashtirish va turli tanlovlar o‘tkazish. To‘garak, klub va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiish va nazorat qilish.
3.11. Sport turlari bo‘yicha “Direktor kubogi”ni tashkil etish. Jahon va Osiyo chempionlari va sport ustalari bilan uchrashuvlar master klasslar tashkil etish.
3.12. Bayramlar va maxsus kunlar munosabati bilan filial miqyosida fakultetlararo sport musobaqalari tashkil etish. Respublika, viloyat, shahar miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda talabalarning faol ishtirokini ta’minlash, sanaviy va milliy bayramlarni keng nishonlash ishlarini tashkil etish.
3.13. Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etish.
3.14. Professor-o‘qituvchilar va talabalarning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilish ko‘nikmasini shakllantirish. Talabalarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar tashkil qilish.
3.15. Talaba-yoshlarni teatr, muzeylarga tashriflarini uyushtirish bo‘yicha jadval va rejalarini ishlab chiqish.
3.16. Respublikaning etakchi oliy o‘quv yurtlari bilan muntazam tajriba almashib borish.
3.17. Mahallalardagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish uchun uslubiy qo‘llanmalar, targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun targ‘ibot materiallari tayyorlash.
3.18. Ijara va qarindoshlari uylarida yashaydigan talabalarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqish va amalga oshirish.
3.19. Nogironligi bo‘lgan talabalarga o‘qish va talabalar turar joylarida yashashlari uchun munosib sharoitlar yaratish. Nogironligi bo‘lgan xodimlar va talabalar uchun sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish., ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xodim va talabalarga ma’naviy-moddiy ko‘mak ko‘rsatish ishlarini tashkillash.
4. Bo‘limning huquqi
4.1. Fakultet, kafedra hamda akademik guruhlar va talabalar turar joyida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarni muntazam nazorat qilish.
4.2. Filial psixologi, murabbiylar kengashi, xotin-qizlar qo‘mitasi, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining faoliyatini nazorat qilish va ishlarini muvofiqlashtirish.
4.3. Ish faoliyatida hamda o‘quv jarayonida yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalarni rag‘batlantirishga tavsiya etish.
4.4. Filial ichki-tartib qoidalari, odob-axloq qoidalarini buzgan professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim hamda talabalarga nisbatan intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha taklif kiritish.
4.5. Filial professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish.
5. Bo‘limning tuzilishi va moliyaviy ta’minlanishi
5.1. Bo‘lim xodimlarining soni jami 2 ta, shundan, 1 shtat bo‘lim boshlig‘i, 1 shtat bo‘lim uslubchisi lavozimi belgilanadi, talabalar kontingentiga bog‘liq xolda o‘zgarib boradi. Xodimlarning shtat jadvali direktor tomonidan tasdiqlanadi.
5.2. Bo‘lim xodimlarining ish xaqi (bo‘lim boshlig‘i 16 razryad, uslubchi 14 razryad xisobida) filial umumiy smetasi doirasida xal qilinadi hamda bo‘limning ish natijalariga ko‘ra byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan 50% gacha ustama xaq belgilanadi.
6. Bo‘lim faoliyatini boshqarish va nazorat qilish
6.1. Bo‘lim faoliyatini bo‘lim boshlig‘i boshqarib, o‘quv va tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari nazorat qiladi.
6.2. Bo‘lim o‘z ish faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha filial kengashida yilda kamida ikki marta hisobot berib boradi.
6.3. Bo‘lim o‘z faoliyati bo‘yicha vazirlikning ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasiga axborot berib boradi.
6.4. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlarining xizmat vazifalari:
7. Bo‘lim boshlig‘i;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oliy Majlis Qonunlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining buyruqlarini o‘rganish, targ‘ib qilish, shu asosida ish olib borish, tushuntirish va targ‘ibot ishlarini tashkil etish.
-
Talaba-yoshlar o‘rtasida Vatanga muxabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash maqsadida uchrashuv, muloqot, davra suxbatlari o‘tkazish.
-
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini ishlab chiqish va amalda ijrosini ta’minlash.
-
Bo‘lim qoshida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi va axborot guruhi faoliyatini tashkil etish va faoliyatini nazorat qilish;
-
Talabalar turar joyida tarbiyachi-pedagoglar, talabalar kengashi faoliyatini nazorat qilish.
-
Filial psixologi, murabbiylar kengashi, xotin-qizlar qo‘mitasi, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining faoliyatini nazorat qilish va ishlarini muvofiqlashtirish.
-
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida har bir kafedra koshida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar faoliyatini nazorat qilish.
-
Filial miqyosida va talabalar turar joylarida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 31 iyuldagi 526-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy Nizom asosida “Ma’naviyat xona”larining tashkillanganligi, shuningdek, devoriy gazetalarning muntazam chiqishini nazorat qilish.
-
Viloyat, shahar hokimliklari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, jamoat tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, ommaviy axborot vositalari bilan xamkorlikda tadbirlar uyushtirish.
-
Respublika miqyosida o‘tkaziladigan sanaviy bayramlar, ko‘rik-tanlov, festivallarda filial jamoasining ishtirokini ta’minlash.
-
Filialda uzoq yillar ishlagan professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlarning tavallud kunlarini nishonlashni tashkil etish.
-
Davlat va nomdor stipendiatlar, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari, ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari bilan talabalar o‘rtasida uchrashuvlar tashkillashtirish.
-
Prezident asarlari hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi kitoblar taqdimotini o‘tkazish.
-
Jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
-
Respublikamizning tarixiy shaharlariga talabalarning sayohatlarini tashkil etish.
8. Bo‘lim uslubchisining lavozim vazifalari va malaka talablari;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan buyruq va qarorlaridan kelib chiqadigan vazifalar va boshqa tashkilotlardan kelgan topshiriqlar asosida ichki buyruq (loyiha)lar tayyorlash hamda ijrosi bo‘yicha monitoring olib borish.
-
Fakultet dekanati va kafedralar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy sohalar bo‘yicha buyruqlar, rejalar va boshqa me’yoriy hujjatlar bajarilishini nazorat qilish (monitoring jadvalini yuritish).
-
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarining ish faoliyatini reja asosida bajarilishini muvofiqlashtirish.
-
Dekan o‘rinbosarlari hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda turli davra suhbatlari, taniqli san’atkorlar, sport ustalari bilan uchrashuvlar, ochiq muloqotlar o‘tkazish.
-
Filial miqyosida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasini tuzish hamda bajarilishini ta’minlash.
-
Bo‘limdagi sohaga oid ishlarga tizimli yondashish;
-
Bo‘limda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy ishlarda faol ishtirok etish;
-
Professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning aks ettiruvchi bayonnomalar, murabbiylar jurnallari va “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarini muntazam ravishda tekshirib borish;
-
Tasdiqlangan reja asosida o‘ziga biriktirilgan tadbirni tashkil etish, hamkor tashkilotlarga xat yuborish, bayonnoma, ma’lumotlar, fotoalbomlar tuzish;
-
Kirish va chiqish xujjatlarini rasmiylashtirish;
-
Bo‘limga kiruvchi va chiquvchi xat-hujjatlarni hisobini yuritish va ro‘yxatdan o‘tkazish.
-
Iqtidorli, ijodkor va jamoatchi talabalarni yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga jalb etgan holda turli tadbirlar o‘tkazish.
-
Talabalar turar joylarda yashayotgan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ma’naviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish;
-
Ijarada yashovchi talabalarni yashash joylari sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha guruh murabbiylari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilib borish va nazorat-reyd tadbirlarini tashkil etish;
-
Teatr, kinoteatr, muzeylar, tarixiy obidalarga talabalarning tashriflarini uyushtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, hamkorlik yuzasidan rejalar tuzish;
-
To‘garaklar faoliyatiga oid hujjatlarning yuritilishi, ularning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash.