“Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” shiori ostidagi profilaktik tadbir

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining ma`naviyat xonasida professor-o`qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” shiori ostidagi profilaktik tadbir bo`lib o`tdi.

O’ zbekiston Respublikasi Prezidenti huziridagi xavfsizlik kengashi kotibining topshrig’iga ko’ra, Shanxay Hamkorlik Tashkilot doirasida “Narkotiklardan holi dunyo” xalqaro antinarkotik aksiyasini o’tkazish bo’yicha tadbirlar rejasining 5-bandida “Ta’ lim muassasalarida o’quvchi talabalar o’rtasida “Giyohvandlikning oldini olish”, “Giyohvandlikning zararli oqibatlari” mavzusida davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish” vazifasi belgilangan.

Shu munosabat bilan, ta’lim muassasamizga talabalari o’rtasida mazkur yo’nalishdagi tadbirlarni tashkil etish uchun soha mutaxassislari taklif etilgan.

Ular Qashqadaryo viloyati hokimiligi mas’ul xodimi S.Ziyadullayev, Shahrisabz shahar ichki ishlar bo‘limi xodimi katta leytenant N.B.Nosirov, Shahrisabz shahar ko‘p tarmoqli poliklinika “Oila va nikoh” bo‘limi boshlig‘i  S.I.Xazratqulovalardir

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i: O.T.Sa’dullayev kirish so`zi bilan ochib berdi.

Narkologik moddalarni iste’mol qilgan shaxslarning psixologik va tibbiy holati, organizmidagi o’zgarishlari to’g’risida batafsil to’xtalib o’tildi hamda giyohvand, tamaki va alkogol moddalarni iste’mol qilishning zararli oqibatlari haqida statistik ma’lumotlar asosida yoshlarga keng tushunchalar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilardan kelib tushgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.

Tadbir so`ngida,  Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i: O.T.Sa’dullayev tadbirga tashrif buyurgan hamkor tashkilotlar xodimlariga mazmunli ma’ruzalari uchun TKTI Shahrisabz filiali rahbariyati va talaba-yoshlari nomidan minnatdorchilik bildirdi.