Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Yoshlar ishlari agentligi bo’limi rahbari TKTI Shahrisabz filialida

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali yoshlari bilan birgalikda Shahrisabz shahar Yoshlar ishlari agentligi bo’limi rahbari Sabrina Tursunova hamda Yoshlar Ittifoqi rahbari Xonnazarov Bobojon suhbat olib borishdi va mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, yangiliklar haqida ma’lumot berib o’tishdi.

Shahrisabz shahar Yoshlar ishlari agentligi bo’limi tomonidan tashkil etiladigan “Talaba liderlar” tanlovi uchun faol talabalar nomzodlarini tanlab olishdi va ularni esdalik sovg’alari bilan taqdirlashdi.

Talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Suhbat samimiy ruhda o’tdi.