26-27 may kunlari Toshkent kimyo- texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus” ijrosini ta`minlash maqsadida, Yoshlar ittifoqi etakchisi hamda jismoniy tarbiya murabbiylari hamkorligida sportning voleybol turi bo`yicha yo’nalishlar kesimida talaba yigitlar o`rtasida musobaqa bo`lib o`tdi.

Musobaqa 12 ta jamoa qatnashdi.

Musobaqaning birinchi kunida to`rtta jamoa yarim finalga chiqishdi.
Ikkinchi kunida esa qizg`in, ayniqsa, hal qiluvchi bahslar murosasiz o`tdi. Musobaqa yakunida quyidagi jamoalar g`olib va sovrindorlarga aylanishdi:
1- o`rin “Texnalogik jarayonlarni avtomatlashtirish” yo’nalishining 4-20 guruh jamoasiga;
2- o`rin “Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi” yo’nalishining 6-19 guruh jamoasiga;
3- o`rin “Kimyoviy texnologiya” yo’nalishining 15-20 guruh jamoasiga nasib etdi.
