Yoshlar markazida “Shahmat” musobaqasi tashkil etildi

Shahrisabz tuman Yoshlar ishlari agentligi tashabbuskorligida tuman Yoshlar markazida sportning “Shahmat” turi bo`yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqa 2 yosh toifasida bo`lib o`tdi: 7-14 yoshgacha va 14-30 yoshgacha.

Musobaqada maktab o`quvchilari va talaba yoshlar munosib qatnashishdi. Musobaqa natijasiga ko’ra: 7-14 yosh toifasidagi ishtirokchilar orasida Toshmurodov Abror 1-o’rinni, 14-30 yosh toifasidagi ishtirokchilar orasida bo`lib o`tgan o`yinda esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali talabasi Salimov Shohbek 1-o`rinni egallab, 2-bosqichga yo’llanmani qo`lga kiritdi.

Keyingi bosqichda ishtirokchilarga omad tilaymiz

Scroll to Top