Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda xorijiy davlatlar tajribasidan samarali foydalanish

Keyingi yillarda yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standart talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning sifat-samaradorligini oshishida xorijiy davlatlar tajribasidan samarali foydalanish, chet el mamlakatlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini yaxshi yo‘lga qo‘yish muhim o‘rin tutadi.

Ta’kidlash joiz, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Filialga Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan taklif etilgan malakali professor va ekspertning tashrifi buning yorqin misolidir.

Jumladan, Amerika Qo`shma Shtatlarida joylashgan “Idaho” universitetining “Mikrobiologiya va oziq-ovqat xavfsizligi” kafedrasi mudiri, professor Gulhan Unlu filialning FOBMT yo`nalishi talabalari uchun “Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Shuningdek, amerikalik olim Gulhan Unlu professor-o‘qituvchilar uchun o‘z tajribalaridan kelib chiqib master-klass ham o‘tib berdi.

Scroll to Top