“Yurt posbonlari” nomli bellashuv

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda 14-yanvarь Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Kim Vatanga sodiq boʼlsa, mendir-man oʼsha” shiori ostida “Yurt posbonlari” nomli bellashuv boʼlib oʼtdi.


Unda Universal Temuriylar harbiy sport maktabi direktori katta serjant Аnvar Аkmalovich Isoqov va harbiy sport maktab kursantlari, “Vatanparvar” va “Mard oʼgʼlonlar” nomli filial jamoalari ishtirok etishdi.


Tadbirdan koʼzlangan asosiy maqsad, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol gʼoyalariga sadoqat, xarbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilish, milliy armiyamiz saflarida oʼz burchlarini oʼtash ishtiyoqini kuchaytirishdan iborat. Vatanni himoya qilish, el-yurt tinchligini asrash, xalqimizning buyuk kelajakka boʼlgan ishonchini mustahkamlash, mustaqil Oʼzbekistonning xalqaro hamjamiyat saflardagi oʼrni va nufuzini oshirish demakdir.


Filial talabalari tomonidan bajarilgan harbiy mashqlar, ularning yetuk askarlardek tezkorlik va mahorat bilan ijro etgan chiqishlari, ayniqsa talaba qizlar tabrigi barcha yigʼilganlar va tadbir ishtirokchilarida gʼurur, iftixor tuygʼularini yanada kuchaytirgani shubhasiz.


“14-yanvarь Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan oʼtkazilgan “Yurt posbonlari” nomli bellashuv ishtirokchilari hamda “Direktor kubogi” minifutbol musobaqasi sovrindorlari direktor kubogi va medallari bilan munosib taqdirlanishdi.

Mazkur bellashuvda “Vatanparvar” jamoasi 1-oʼrinni, “Mard oʼgʼlonlar” jamoasi 2-oʼrinni egalladi.