“Zakovat- intellektual o’yini”ni davom ettirildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish, talaba-yoshlarni bir joyga jamlab, bilimini namoyon etish va oshirish maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Zakovat- intellektual o’yini”ni bosqichma-bosqich o`tkazish rejasi filial yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot a’zolari hamda tyutorlar tomonidan ishlab chiqilgan va tashkil etilgan edi. Joriy yilning 18-19 oktabr kunlari ushbu o`yinning 1-kurs talabalari o`rtasida saralash bosqichi o‘tkazildi.

Bugun ushbu o`yinning 1-kurs talabalari o`rtasidagi yakunlovchi bosqichi bo`lib o`tdi.

Yakuniy natijaga ko`ra,

1-o‘rin TMJ yo‘nalishi 10-22 guruh talabalari.

2-o‘rin Iqtisod yo‘nalishi 1-22 guruh talabalari qo‘lga kiritishdi.

O’yin juda qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o’tdi.

Endi “Zakovat- intellektual o’yini”ning keyingi bosqichda 2-kurs talabari o`zaro bellashadilar.

Scroll to Top