Zakovat intellektual o’yini musabaqasi

Fevral oyining uchinchi oʼn kunligi kunlari TKTI Shahrisabz filialida “Zakovat” intellektual oʼyini musobaqalarini oʼtkazish rejasi koʼzda tutilgan. Musobaqadan koʼzlangan maqsad – filial terma jamoasiga nomzod bilimdonlarni aniqlashdan iborat.

21 fevral kuni  1-19 guruhi jamoasi ishtirokida intellektual oʼyin tashkil etildi. Tadbirni tashkillashtirish va uni olib borish ishlarini filial Yoshlar ittifoqi yetakchisi Umida Toʼraeva amalga oshirdi.

Tadbir yakunida “Eng bilimdan talaba” nominatsiyasi aniqlandi. Tadbir qizgʼin bahs va munozaralarga boy boʼldi. Filialimiz talaba yoshlari oʼzining dono va zukkoligini yana bir bor isbotlashdi. Keyingi oʼyin ishtirokchilari aniqlandi.

2-19 guruhi jamoasi  24 fevralda oʼtkaziladigan “Zakovat” intellektual oʼyini musobaqamizda saralanadi.

1 thought on “Zakovat intellektual o’yini musabaqasi”

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top