UMIDLI_KIMYOGARLAR_2024

TKTI_Shahrisabz_filiali Shu kuni soat 14:00 da filialimizda «UMIDLI KIMYOGARLAR-2024» respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasining Shahrisabz filiali sho’basi bo’lib o’tdi. Bunda “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi va “Kimyoviy texnologiya va sifat menejmenti” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda iqtidorli talabalari o’zlarining ilmiy ishlarini taqdimoti bilan ishtirok etishdi. Anjumanda ilmiy yutuqlar va innovatsion jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha fikrlar, ilmiy va amaliy tajriba almashildi.

Scroll to Top