“Rektor va mahalla yoshlari”ning navbatdagi uchrashuvi

“Rektor va mahalla yoshlari”ning navbatdagi uchrashuvi

Ma’lumki, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va hal etish borasida tashkil etilgan yangi tizim o‘zining dastlabki natijalarini bermoqda.

Har bir mahallaga biriktirilgan rahbarlarning joylardagi holatni to‘laqonli aniqlash maqsadida xonadonma-xonadon o‘rganishlari yoshlar o‘rtasidagi muammolarni aniqlash tezda yechim topishda muhim omil bo‘lmoqda.

30-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori professor Mutalov Shuhrat Axmadjonovich rahbarligidagi professor-o’qituvchilaridan iborat ishchi guruh Kitob tumanining “Bashir” mahalla fuqarolar yig’iniga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsad, o`rganilgan yoshlar xonadonlariga borib, ularni ta`lim olishdagi muammolarini bartaraf etishdan iborat edi.

Mahalla yoshlarining ko`zlaridagi quvonch barcha ziyoli saxovat egalarini mamnun etdi.

Scroll to Top