Targ’ibot poyezdi a’zolari hamda filial talabalari ishtirokida “Islohotlarga daxldorman” aksiyasi doirasida “Tengdosh tengdoshga daxldor” mavzusidagi targ’ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Loyihaning maqsadi – aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kо’lamli demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlarga faol jalb qilishdan iborat.
Loyiha doirasida yosh targ’ibotchilar tomonidan turli interfaol o’yinlar, tanlovlar, viktorinalar va huquqiy seminarlar tashkil etildi.