Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida joriy yilning 14–mart kuni Shahrisabz shahar Bolalar va o’smirlar sport maktabining matonatli sportchilari, boks bo’yicha uch karra O’zbekiston chempioni Zokirov Ruslan va ikki karra O’zbekiston chempioni Xidirov Kamronlar ishtirokida talaba-yoshlar bilan sportda matonatli bosib o’tgan yo’llari haqida davra suhbati tashkil etildi.

✅Davra suhbatini filialning “Kesh alplari” sport klubi raisi N.Raxmatov ochib berdi.

♻️Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari F.Xidirov davra suhbati yakunida chempionlarga filial ma’muriyatining minnatdorchiligini bildirib, kelajakda xalqaro va olimpiada musobaqalarda g’oliblikni tilab qoldi.

Scroll to Top