Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi

⚡️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori Mutalov Shuxrat Axmadjonovich boshchiligida ijara xonadonlarida yashovchi filial talabalari holidan xabar olindi.

Jumaladan, filialimizda tahsil olayotgan talabalarining ijarada yashayotgan uylaridagi shart-sharoitlari filial Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari Xidirov, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo’limi bosh mutaxassisi. Sh. Mo’minxo’jayev va filial tyutorlari tomonidan ko’zdan kechirildi.

O’rganish jarayonida uylardagi isitish tizimi ko’zdan kechirilib, yong’in xavfsizlik qoidalari yana bir marta tushintirildi. Shuningdek talabalar bo’sh vaqtlarida mutolaa qilishlari uchun filial direktori tomonidan kitoblar, sovg’alar hadya qilindi.

O’rganish jarayonlari davom etadi.

Scroll to Top