Mart 2024

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi o’qituvchisi G’.Evatov sirtqi ta’lim “VBAIT” yo’nalishi S15-16-21 guruh talabalari bilan Ro’ziyev Sodiq Jalolovich rahbarligidagi “Shahrisabz vino-aroq AJ” korxonasiga tashrif buyurishdi.

Talabalarga korxonaning Ishlab chiqarish innovatsiya va mahsulotlari direktori Sh.Buzrukov hamrohlik qildi. Talabalar tashrif davomida vino ishlab chiqarish uskunalari bilan tanishishdi hamda to’liq jarayonnii ko’zdan kechirishdi, shuningdek korxona laboratoriyasida vino tarkibidagi qand, spirt miqdorini aniqlashdi.

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialiga Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tashkil etilgan professor Xolmuminov Jumanazar Toshtemirovich rahbarligida bir guruh volontyor-talabalar tashrif buyurdilar.

Targ’ibot poyezdi a’zolari hamda filial talabalari ishtirokida “Islohotlarga daxldorman” aksiyasi doirasida “Tengdosh tengdoshga daxldor” mavzusidagi targ’ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Loyihaning maqsadi – aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kо’lamli demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlarga faol jalb qilishdan iborat.  Loyiha doirasida yosh targ’ibotchilar tomonidan turli interfaol o’yinlar, tanlovlar, viktorinalar va huquqiy …

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialiga Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tashkil etilgan professor Xolmuminov Jumanazar Toshtemirovich rahbarligida bir guruh volontyor-talabalar tashrif buyurdilar. Read More »

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida joriy yilning 14–mart kuni Shahrisabz shahar Bolalar va o’smirlar sport maktabining matonatli sportchilari, boks bo’yicha uch karra O’zbekiston chempioni Zokirov Ruslan va ikki karra O’zbekiston chempioni Xidirov Kamronlar ishtirokida talaba-yoshlar bilan sportda matonatli bosib o’tgan yo’llari haqida davra suhbati tashkil etildi.

✅Davra suhbatini filialning “Kesh alplari” sport klubi raisi N.Raxmatov ochib berdi. ♻️Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari F.Xidirov davra suhbati yakunida chempionlarga filial ma’muriyatining minnatdorchiligini bildirib, kelajakda xalqaro va olimpiada musobaqalarda g’oliblikni tilab qoldi.

Scroll to Top