Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida joriy yilning 19-aprel kuni Ilm fan haftaligi doirasida tashkil qilingan “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va innovatsion texnologiyalar”mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani o’z faoliyatini boshladi
⚡️Erta tongdan filial hovlisida ta’lim muassasasi, korxona vakillari, professor-o‘qituvchilari, talabalari yig‘ildilar vailmiy-amaliy anjumanining bayramona ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Filialning asosiy binosi kirishida barcha kafedralar o‘z faoliyatlari doirasida mahalliy innovatsion ishlanmalar va zamonaviy ilg‘or texnologiyalar katta ko‘rgazmasini tashkil etdilar. Anjumanga “Shahrisabz –Vino” AJ rahbari Sh.Buzrukov, laboratoriya boshlig‘i G.Tosheva , Dehqonobod kaliy zavodi Innovatsiya bo’limi boshlig‘i O.Boboyev, “Teva boshi” MChJ texnologi H.Ergashev, “EAST AGRO International” korxonasi xodimi A.Narzullayev, “SEO va JS” Shahrisabz shahar bo‘limi sanitariya epidemiologiya markazi shifokori N. Karimovalar tashrif buyurdilar