“Yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurash”

Insoniyat taraqqiyotning yangi-yangi choʼqqilarini zabt etmoqda. Biroq, jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tugʼdiruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Аna shunday xatarlardan biri­­­­ – giyohvandlik balosidir.

Giyohvandlik nafaqat bu illat bilan shugʼullanuvchilarga, balki butun jamiyatga tahdid soladi. Shuning uchun ham har yili “26-iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” sifatida keng nishonlanadi va ayni damda yurtimizda 1-fevraldan 1-martga qadar qadar “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” oyligi deb e’lon qilingan.

 Bu borada Respublikamizda ham doimiy ravishda tadbirlar oʼtkazilmoqda. Jumladan, oliy oʼquv yurtlarida va boshqa oʼquv muassasalarida barcha soha vakillari hamkorligida tadbirlar oʼtkazilib, yoshlar oʼrtasida tushuntirish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Xuddi shunday tadbirlardan biri Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurash” mavzusida IIB xodimlari bilan boʼlib oʼtdi. 

Unda Oʼzbekiston Respublikasi IIB Jinoyat Qidiruv Bosh boshqarmasi boʼlimi bosh podpolkovnigi Matlyubov Аhmadjon Sayfullayevich, Qashqadaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Giyohvandlikka qarshi kurashish boʼlimi kapitani Mamatqulov Jasur Isroilovich, Shahrisabz shahar IIB oʼrinbosari podpolkovnik Usmonov Sadriddin, filial direktori professor Mutalov Shuxratjon Аhmadjonovich, prfessor-oʼqituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Inson hayoti, yosh avlod kelajagiga rahna solishi mumkin boʼlgan giyohvandlikka qarshi kurashish mustaqil yurtimizning har bir fuqarosi, qolaversa, har birimizning muhim vazifalarimizdan ekanligi, ayniqsa, bu sohada yoshlarimiz faol boʼlishlari lozimligi taʼkidlandi. 

Zero, jamiyat hayotidagi mavjud har qanday zararli illatni yoʼq qilish va uning oldini olish har birimizning vazifamiz, sharafli burchimizdir.

Scroll to Top