“Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirlari davom etmoqda…

⚡️Bundan ko’zlangan maqsad yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fuqarolarning xabardorligini oshirish, ularda ijtimoiy ma’suliyatni kuchaytirish, hududda pozitiv jamoatchilik fikrini shakllantirish, fuqarolarni islohotlarga safarbar etish, bunyodkorlikka chorlash, yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, xotin-qizlarni faollikka undash, aholining ruhiyatini ko‘tarishdan iborat.

Bugungi tadbirlar Chiroqchi tumanining Nurobod, Yashnaobod, Oqoltin hamda Oqtosh mahallarlarida boʻlib oʻtdi.

Maʼnaviy – madaniy tadbirni TKTI Shahrisabz filiali Yoshlar yetakchisi A.Turaboyev olib bordi. Unda mahalla faollari, uyushmagan yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Adabiyot va san’at, ilm-fan ahli bilan o’tkazilgan uchrashuvlarda yoshlarni milliy an’ana va urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalashga chorlovchi ma’ruzalar o‘qib eshittirildi.

Scroll to Top