“Oliy ta’lim muassasasida 2023-2024 o‘quv yilida yangi ochilgan yo‘nalish va mutaxassisliklar hamda qabul kvotalari” mavzusida matbuot anjumani hamda Press-tur bo‘lib o‘tdi.

“Oliy ta’lim muassasasida 2023-2024 o‘quv yilida yangi ochilgan yo‘nalish va mutaxassisliklar hamda qabul kvotalari” mavzusida matbuot anjumani hamda Press-tur bo‘lib o‘tdi.

Bugun Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida “Oliy ta’lim muassasasida 2023-2024 o‘quv yilida yangi ochilgan yo‘nalish va mutaxassisliklar hamda qabul kvotalari” mavzusida matbuot anjumani hamda Press-tur bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida viloyatimizda faoliyat olib boruvchi jurnalist, bloger hamda boshqarmalarning axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

 Dastavval, ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi M.Samadov “2023/2024-o‘quv yili uchun filialda mavjud ta’lim yo‘nalishlari va kvotalar haqida” mavzusida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berib o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialiga joriy o’quv yiliga Davlat granti asosida talabalarni qabul qilish parametrlari 190 tani tashkil etadi. Filialga yangi o’quv yilida bakalavriatga 600 shundan, davlat grantlari – 190, to‘lov kontrakti – 410: Sirtqi ta’lim shakliga esa – 425 ta o’rin ajratildi. Yangi o’quv yilidan, oliygohda kunduzgi ta’lim yo’nalishida – 8 ta, sirtqi ta’limda – 6 ta yo’nalishda tahsil olish imkoniyati mavjud. Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olishni istagan yoshlarning talab va istaklaridan kelib chiqib, oʻtgan oʻquv yilida yangi, talab yuqori bo’lgan ta’lim yo’nalishi ham ochildi. Shuningdek, yangi o‘quv yili qabulini samarali, shaffof hamda adolatli tashkil etish maqsadida, Qabul komissiyasi tuzildi. Ushbu komissiyaga filialning salohiyatli xodimlari biriktirildi. Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga tezkor javoblar berilishini ta’minlash, murojaatlar bilan muntazam ishlash maqsadida, “Call center” va “Maslahat markazi” tashkil etilgan. Ushbu markazlarga oliygohimizning salohiyatli va mas’uliyatli 10 dan ortiq xodimlari biriktirilgan.

Anjuman yakunida jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldi.

Scroll to Top