QarDUda “Biznes marafon”

Joriy yilning 19- may kuni Qarshi davlat universitetida yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning sohalar bóyicha bilim va malakalarini oshirish maqsadida o`z sohasining yetuk vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

“Yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi viloyat filiali, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi va Qarshi davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Biznes marafon” motivatsion treningida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali iqtidorli talabalari, shuningdek bir qator tadbirkorlar qatnashib, davra uchrashuvi ishtirokchilari viloyatimizdagi OTM larining bitiruvchi talabalariga biznesdagi ilk qadamlari, tajribalari, soha bóyicha erishgan yutuqlari tóġrisida sózlab berdilar.

Motivatsion trening davomida yoshlarning viloyatimiz taniqli tadbirkorlari, soha mutaxassislari bilan muloqotlari, suhbatlari qiziqarli bóldi. “Biznes marafon” biznesni boshlash arafasida turgan, óz tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ikkilanib turgan bitiruvchi talabalarni rag’batlantirish uchun foydali motivatsion tadbir bo`ldi.

Scroll to Top