Joriy yilning 13-iyun sanasida Shahrisabz shahrining “Koba” karvonsaroyida “Siz yangi konstitutsiyani bilasizmi?” shiori ostidagi zakovat intellektual musobaqasi bo`lib o`tdi.

Xotin-qizlar o’rtasidagi aqliy savodxonlikni oshirish maqsadida tashkil qilingan ushbu musobaqada Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining “SHAHRI-KESH MALIKALARI” qizlar jamoasi hamda Shahrisabz davlat pedagogika institutining “BIBIXONIM IZDOSHLARI” qizlar jamoasi o`zaro bellashishdi.


Musabaqa bahs munozaralarga boy bo’ldi va do`stlik g`alaba qozondi. Jamoalar munosib taqdirlandi.


