TKTI Shahrisabz filialida “Kubik-rubik” musoboqasi bo`lib o`tdi.

TKTI Shahrisabz filialida “Kubik-rubik” musoboqasi bo`lib o`tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida  “Kubik-rubik” musoboqasi bo`lib o`tdi.

“Kubik-rubik” yaratilish tarixi haqida qisqacha ma`lumot beradigan bo`lsak, rubik kubi birinchi marta 1974 yilda sotuvga chiqarilganda, u venger tilida “Sehrli kub” yoki “Bűvös Kocka” deb atalgan. Vengriyadagi xalqaro patent muammolarini bartaraf etish uchun ushbu jumboqning huquqlarini sotib olgan Ideal Toy korporatsiyasi 1980 yilda uning nomini “Rubik kubi” ga o’zgartiradi.

Rubikning Kubigi yoki Kubik Rubik 1974 yilda arxitektura professori Erne Rubik (Vengriya) Budapeshtda yaratilgan. Bu uning “imkonsiz obyekt” ni qurish maqsadida izlanishlari natijasi bo’ib, mazkur “imkonsiz obyekt” ni Erne o’zining o’quvchilarini qiziqtirish maqsadida yaratgan. Kashfiyotni yaratishi bilan uning muallifi 3 oydan so’nggina uni yechishga muvaffaq bo’lgan! Ilk kubiklar Bűvös Kocka («Mo’jizaviy kubiklar») degan nom bilan sotuvga chiqib, hozirgi kubiklardan 2 barobar og’irroq bo’lgan. 1980 yildan buyon tahminan 400 million kubik rubiklar sotilgan.

Filialda tashkil etilgan ushbu musoboqada bir necha iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Murosasiz kechgan bahslarda Turaboyev Akobir 1-o’rinni (01.29.74 sekund);

Qayumov Xasan 2-o’rinni (02.15.29 sek);

Nasrullayev Azizbek 3-o’rinni (02.40.20 sek) egalladi.

G’oliblar 30-iyun kuni taqdirlanadilar.

Scroll to Top