TKTI Shahrisabz filiali talabalariga murojaat: Uyda qoling!

Maʼlumki, hozirda barcha 1-kurs talabalarimiz taʼtilda. Uydan chiqmagan holda, namunali tarzda karantin qoidalariga toʼliq rioya etishmoqda. Shunday boʼlsada, darslarni filial rasmiy sayti, YouTube va telegram kanalida video-maʼruzalar va mustaqil taʼlimga moʼljallangan oʼquv elektron resurslari bilan boyitib borilmoqda. Barcha talabalarimizdan ushbu materiallardan, yaratilgan mustaqil taʼlim asosida oʼzlashtirish imkoniyatidan unumli foydalanib, tahsil olishlarini soʼraymiz.

Shuningdek, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi taʼtil vaqtida talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qoʼllab-quvvatlash maqsadida Telegram ijtimoiy tarmogʼida ham @eduuz_online loyihasini yoʼlga qoʼydi. Mazkur loyiha orqali mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalarining eng malakali professor-oʼqituvchilari tomonidan yaratilgan videomaʼruzalar ushbu kanalga muntazam joylashtirib boriladi.

Maʼlumot uchun mening yurtim (MY5) telekanalida haftaning dushanbadan juma kuniga qadar soat 10-30 dan 12-00 ga qadar oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun Psixologiya va ingliz tili fanlaridan maʼruza mashgʼulotlari oʼtkazilishi yoʼlga qoʼyilmoqda.

Аgarda elektron maʼlumotlardan foydalanish yuzasidan qoʼshimcha savollar boʼlsa, guruh talabalari va murabbiy oʼrtasida tashkil etilgan telegram guruhiga yuborib, javoblar olishingiz mumkinligini eslatib oʼtamiz.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Shahrisabz filiali rahbariyati

Scroll to Top