Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

OTM va maktab hamkorligi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdminstratsiyasining 2019 yil 11 oktabrdagi topshirigʼi ijrosini taʼminlash yuzasidan maktablarga metodik yordam berish hamda oʼquv-tarbiya jarayonlarining sifatini oshirish maqsadida, Respublika miqiyosida oliy taʼlim muassasalari umumtaʼlim muassasalariga biriktirilib, “Maktab-oliy oʼquv yurti” hamkorligi yaxshi yoʼlga qoʼyildi.

   Bundan koʼzlangan asosiy maqsad, umumtaʼlim maktablari faoliyatini takomillashtirish, oʼqituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini, oʼquvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga qiziqishini oshirish, oliy taʼlim muassasalari va umum taʼlim maktablari oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdir. 

Shu munosabat bilan, joriy yilning 8-may sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori Sh.Mutalov, o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari B.Sirojov va TSNQB boshlig’i M.Samadovlar Kitob tumanidagi 11-maktabga tashrif buyurishdi. Undan maqsad, olimpiada g’oliblari va ularning o’qituvchilarini taqdirlashdan iborat edi. 

Olimpiada g’oliblari Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori Sh.Mutalov tomonidan diplomlar hamda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandilar.