OTM VA MAKTAB HAMKORLIGI

Mamlakatimizda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida OTM va maktab hamkorligi yo’lga qo’yildi. Darhaqiqat, bugungi kunda o’quvchilarning iste’dodini kashf qilish, ularni o’zlari qiziqadigan sohaga yo’naltirish dolzarb vazifalardan biriga aylandi.

2021-yil 17-may kuni Toshhkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali professor-o‘qituvchilari Yakkabog’ tumanidagi 61-o’rta maktabda

Yakkabog’ tumanidagi 9-o’rta maktabda

Yakkabog’ tumanidagi 52-o’rta maktablarida

18-may kuni esa Shahrisabz tumanidagi 26-o’rta maktabda

Shahrisabz tumanidagi 27-o’rta maktabda

Shahrisabz tumanidagi 29-o’rta maktabda

Shahrisabz tumanidagi 4-o’rta maktabda

Shahrisabz tumanidagi 3-o’rta maktablarda

bo‘ldilar. 

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, OTM va maktablar o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish, mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan turli xildagi uchrashuvlarni tashkil qilishdir. 

Shuningdek, filial professor-o‘qituvchilari tomonidan yuqori sinf o‘quvchilari uchun fanlardan master-klasslar tashkil qilindi.

Uchrashuvda taʼlim yoʼnalishlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Shu bilan birgalikda bugungi kunda yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida ham ma’lumotlar berildi va ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Maktablarga tashriflar davom etmoqda.

Scroll to Top