Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda yurtimiz mustaqilligining 30 yilligi oldidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori Sh.Mutalov tashabbuskorligida filialning ichki va tashqi hududlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Xasharda filial rahbariyati, ishchi-xodimlar faol ishtirok etdi. Filialning atrofi va hovlisidagi yashil maydon hududlarida qurib qolgan begona o‘tlar yulib tashlandi, daraxtlar oqlandi va qurigan shoxlari kesildi hamda hovliga yangi anvoyi gullar va sada rayhonlar ko‘chatlari qayta ekildi.

Hududda obodonlashtirish ishlari yuqori kayfiyatda olib borildi. O‘tkazilgan hashar filial rahbariyati va ishchi-xodimlari orasida ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tganini alohida ta’kidlash joiz. Zero, hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida shakllangan mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.