“BIZ INTILGAN IDEAL INSON YOKI ZAMONAVIY TALABA QIYOFASI”

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “BIZ INTILGAN IDEAL INSON YOKI ZAMONAVIY TALABA QIYOFASI” mavzusida trening-suhbat bo’lib o’tdi.

Moderator: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori kimyo fanlari doktori, professor Mutalov Shuhrat Axmadjonovich  hamda

Spiker: Filial Yoshlar Ittifoqi fakultet yetakchisi Mavlonov Muzaffar Otabekovich.

Mavzuga qiziqish bildirib, o’z fikrlari bilan qatnashishni ixtiyor etgan talabalar treningda ishtirok etishdi.

Trening suhbat to’rt qismda olib borildi.

1. Mavzu yuzasidan fikrlar

2. Bahs – munozara

3.Xulosa qismi

4. Talabalar o’rtasida “BIZ INTILGAN IDEAL INSON YOKI ZAMONAVIY TALABA QIYOFASI” mavzusida tanlov.

Suhbatda Moderator

Mutalov Shuhrat Axmadjonovich “talabalar psixologik portreti haqida” quyidagicha fikrlarini bildirdilar:

Psixologik portret – bugungi kunda hech bir tashkilot potentsial va shaxsiy fazilatlarini baholash tartibi mavjud emas. Bolaning yoki kattalarning psixologik portretini tuzish, u o’zini qanday amalga oshirish kerakligini, qanday fazilatlarni rivojlantirish kerakligini va qaysi shaxs o’zini o’zi boshqarishi kerakligi haqida ko’proq bilib olish kerakligini ko’rishga yordam beradi.

“Barcha insoniy fazilatlardan voqif bo‘lsangiz va ulardan oqilona foydalana olsangiz, Siz o‘zingizga chiroyli psixologik portret yarata olasiz. Odob va axloq qoidalariga amal qilib odamlar bilan xushmuomalali, uyda va ishda ibratli bo‘lish, har bir so‘zni o‘ylab gapirish, o‘z lafzida turish, ¬sabr-toqatli va qanoatli bo‘lish, kattaga hurmat, kichikka izzatli va do‘stga sadoqatli bo‘lish, ota-onani ulug‘lash, oilaparvar bo‘lish, ochiq chehrali bo‘lish – kabilar psixologik portret elementlaridir. Bitta qiyin joyi – uni umringiz oxirigacha saqlab qolish. Psixologik portret rassomlar chizgan portretdan shunisi bilan farq qiladiki, uni borib ko‘rish shart emas, chunki u Sizni biladigan barcha insonlar qalbiga chizilgan bo‘ladi. Uni Sizdan boshqa hech kim o‘chirib tashlay olmaydi” deya fikr bildirdilar.

Shuningdek, talabalarga “Ideal inson” va “Zamonaviy talaba qiyofasi” mavzusida tushunchalar va qo’shimcha fikrlar berildi.

Keyingi qism juda qiziqarli va bahs – munozaraga boy tarzda bo’ldi.

Talabalar o’zlari orzu qilgan “Ideal inson” qiyofasini gavdalantirishdi va “Ideal inson”da bo’lishi kerak bo’lgan hislatlarni birma-bir sanashdi.

“Ideal inson” qiyofasi bilan birgalikda unga teskari bo’lgan ya’ni “Yomon inson” qiyofasini ham gavdalantirishdi va yomon hislatlarni ham sanab o’tishdi.

Xulosa tariqasida talabalar o’zlarini ichlarida yashayotgan “Ideal inson” qiyofasini gavdalantirish bilan birgalikda “Ideal inson” bo’lish uchun ham harakat qilishlarini va bu tushunchani boshqa talabalarga na’muna bo’lgan tarzda yetkazishlarini aytishdi.

Trening so’ngida talabalar o’rtasida “BIZ INTILGAN IDEAL INSON YOKI ZAMONAVIY TALABA QIYOFASI” mavzusida tanlov e’lon qilindi.

Filial direktori Mutalov ustozimiz ushbu tanlov g`oliblarini pul mukofoti bilan rag`batlantirishlarini aytdilar:

1-o’rin uchun berilayotgan stependiyaning 3 baravari.

2-o’rin uchun stependiyaning 2 baravari.

3-o’rin uchun stependiyaning 1 baravari miqdorida.

Bu esa talaba yoshlarimizni yanada faollikka chorlaydi.

Ushbu tanlovda talabalar yuqoridagi mavzu yuzasidan maqola yozishlari va uni gazeta, jurnallarda chop ettirishlari, yoki ijtimoiy tarmoqlarga video, matnli shaklarda joylashlari kerak. Ushbu ijtimoiy tarmoqlarga joylangan  video, matnli maqolalarni qanchalik darajada ko’rilganligi, ommalashganligi, ya`ni  to`plagan layk yoki reaksiyalari maqolani yuqori sifatli baholaydi.

Talabalar bu tanlovga hozirdan ishtirokchi boshlashlari kerak?

G’olib bo’lgan ishtirokchilar joriy yilning 30- iyun Yoshlar kuni munosabati bilan taqdirlanishadi.

Tanlov doirasida batafsil ma’lumot uchun murojaat:

@Umida_Turayeva

Talabalar trening suhbatdan mamnun bo’lishdi va bunday suhbatlar bardavom bo’lishini so’rab qolishdi.

Filial Yoshlar Ittifoqi fakultet yetakchisi:   M.O.Mavlonov

Scroll to Top