“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining ochilishi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida Ilmiy va innovatsion g‘oyalar, loyihalarni saralab olish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Filial Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari S. S. Ravshanov tadbirni ochib berdi hamda talabalarga marafon davomida o’z g’oyalarini amalga oshirishlarida omad tiladi.

Shuningdek, filialda o’tkazilishi rejalashtirilgan va ayni kunlarda o’tkaziladigan bir qator tanlovlar: “Akademik harakatchanlik” dasturi, “Bo’lajak olim”, “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovlarini tashkil etish tartibi bo’yicha ham ma’lumotlar berdi.

 Tadbirda “Techno Ways” marafonining filial bosqichida oʻz gʻoyalari , ilmiy va startap loyihalari bilan ishtirok etish istagidagi yosh professor-o’qituvchilar va iqtidorli talabalar qatnashdilar.

Tadbir so’ngida “Scientific Academy” ilm ma’rifat markazining 2023-yil 15-fevral kungi 3-sonli buyrug‘iga asosan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi(MDH) miqyosida tashkil etilgan “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun “ esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan 14-22 OOMT guruhi talabalari Salomova Shaxzoda Asqar qizi va Sa’dullayeva Shahribonu Shuxrat qiziga ko’krak nishoni va esdalik sovg’alari topshirildi.

Scroll to Top