“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki!”

“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki!”

Joriy yil 31-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining faollar zalida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki!” shiori ostida konstitusiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda O`zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Imomova, Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi tuman bo`limi rahbari Shahlo Tog`ayeva, Shahrisabz tuman XDP raisi To`ra Uzoqov, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

 Tadbir Xalq deputatlari Shahrisabz shahar kengashining Ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalari bo`yicha doimiy komissiya a`zosi hamda O`zbekiston XDP a`zosi, filial sirtqi bo`lim boshlig`i Sh.R.Rahmonova raisligida boʻlib, unda so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya va undagi tarixiy o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir soʻngida Yoshlar ittifoqi BT fakultet yetakchisi M.Mavlonov soʻz olib, targʻibotdagi jonbozliklariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi hamda barcha talabalarni joriy yil 30-aprel kuni mamlakatimizda boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumida faxr va iftixor bilan faol qatnashishga chorladi.

Scroll to Top