“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o`zimizniki!”
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali sirtqi bo`lim boshlig`i Sh.R.Rahmonova, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi U.Sh.Davronov, Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i U.To`rayevalar tomonidan Shahrisabz shahridagi “Fayzobod” MFYda Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan targ`ibot tadbiri tashkil etildi.
Unda mahalla faollari, xotin-qizlar, maktab o`qituvchilari, hamshiralar va yoshlar ishtirok etishdi.
“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o`zimizniki!” shiori ostida bo`lib o`tgan tadbirda Xalq deputatlari Shahrisabz shahar kengashining Ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalari bo`yicha doimiy komissiya a`zosi hamda O`zbekiston XDP a`zosi, filial sirtqi bo`lim boshlig`i Sh.R.Rahmonova “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy Qonun loyihasi va bosh qomusimizga kiritilayotgan normalarga alohida to‘xtalib, ularning ahamiyati to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berdi.