Mahalla yoshlari bilan manzilli ishlash

 

Mahalla yoshlari bilan manzilli ishlash

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 11-aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish maqsadida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida alohida e’tiborga muhtoj, ijtimoiy-moddiy jihatdan davlatning yordamiga zarurati bo‘lgan yoshlarni rahbarlarga biriktirish, muammolar yechimini izlash, g‘amxo‘rlik qilish va doimiy qo‘llab-quvvatlash, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, kasbga o‘rgatish, o‘qitish va ish bilan ta’minlash maqsadida yoshlarni Vazirlik tizimidagi boy hayotiy tajribaga ega rahbarlarga biriktirish an’anasi joriy etildi.

Uning ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori Sh.Mutalov rahbarligida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shunga ko‘ra, filialning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari F.Xidirov boshchiligidagi ishchi guruh Kitob tumani “Bashir” MFYda yashovchi 77 nafar ijtimoiy xulq-atvori og‘ir bo‘lgan yoshlar bilan muloqot o’tkazish uchun tashrif buyurdilar.

Yoshlar bilan suhbat o’tkazish chog’ida ularga esdalik sovg’alari va kitoblar sovg’a qilindi.

 

Scroll to Top