“Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

“Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida turli xil tanlovlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Bugun ana shu soʻzlarning isboti sifatida filialimizda Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Tadbirni filial direktori professor Mutalov Shuhrat Axmadjonovich ochib berdi va barcha jamoalarga omad tiladi.

Bu oʻyinda sirtqi ta`lim talabalari ham faol qatnashishdi.

Oʻyin juda qizgʻin va bahs munozaralarga boy boʻldi.

Jamoa ishtirokchilari oʻz iqtidori, bilim salohiyati va topqirliklari bilan quyidagi oʻrinlarni egallashdi:

 “Zakovat malikalari” jamoasi 1-o`rin – bazaviy stipendiyaning 4 baravari;

“Muhandislar” jamoasi 2-o`rin – bazaviy stipendiyaning 3 baravari;

“Texnologlar” jamaosi 3-o`rin – bazaviy stipendiyaning 2 baravar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Scroll to Top