Talabalarda vatanga muhabbat, mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirib o‘stirishda professor-o‘qituvchilarning mahorati muhim omillardan biridir. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali professor-o‘qituvchilari, tyutorlari o’z pedagogik mahoratini namoyon etish maqsadida turli xil metodik yangiliklar qilishmoqda.
Jumladan, filial tyutori R.Bozorov tomonidan TMJ yo`nalishi 10-22 giruh talabalari bilan “Temur va temuriylar davri madaniyati” mavzusida Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.
Ular Samarqand shahridagi tarixiy obidalariga borib, u yerdagi Temur va temuriylar davri madaniyatiga doir eksponatlari bilan tanishishdi.