“Ijtimoiy tarmoqlar” orqali axborot xuruji avj olmoqda. Turli oqimlarning paydo bo‘lishi ortidan g‘arazli niyatdagi shaxslar bu oqimlarni boshqarishga, buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib qilishga, aholi orasida adovat va vahima uyg‘otishga harakat qilmoqda.
So‘nggi kunlarda bir nechta davlatlarda avj olgan ushbu harakat o‘smirlar ongiga ta’sir o‘tkazish yo‘li bilan ulardan foydalanib, vaziyatni beqarorlashtirishni maqsad qilib olgan.
“Redan” harakatini o‘rganish jarayonida harakat a’zolari dinimiz, davlatimiz haqida yomon gaplar gapirgani, eng yomoni, ular ko‘chada ketayotgan yoshlarga pichoq berib, odamlarga qarshi chiqish kerakligini, urib pichoqlash kerakligini uqtirgani ma’lum bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB bunday harakatlar tashkilotchilari aholi orasida adovat va vahima uyg‘otishga urinayotganini ta’kidladi.
Qayd qilinishicha, o‘ttizdan ortiq yoshlar «Anti Redan» harakatini tashkil qilib, buzg‘unchilik g‘oyalarini ilgari surayotganlarga qarshi kurashmoqchi bo‘lgan.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida tadbir tashkil etildi va talabalarga videolavhalar hamda ma’ruzalar orqali ushbu redanchilar haqida tegishlicha ma’lumotlar berildi va ogohlikka da`vat etidi.