“Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ vakillari bilan davra suhbati

26-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” mas’ulyati cheklangan jamiyat o’quv markazi vakillari bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatida filial direktori prof. Sh.A.Mutalov, o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari B.Sh.Sirojov, fakul’tet dekani H.Sh.Tilovov, kengash kotibi J.D.Mirzayev, “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” mas’ulyati cheklangan jamiyat o’quv markazi boshlig’i A.Q.Buxorov, korxonani kengaytirish loyiha muhandisi A.R.Abdiyev va filialda tahsil olayotgan “Kimyoviy texnologiyalar”, “Texnologik mashina va jihozlar” ta’lim yo’nalishlari talabalari ishtirok etishdi.

 Davra suhbatini filial direktori Sh.A.Mutalovning filial talabalariga bildirgan samimiy fikrlari bilan ochib berildi. So’ngra so’z navbati “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” mas’ulyati cheklangan jamiyatdan tashrif buyurgan mehmonlarga berildi. So’zga chiqqanlar korxonaning 15 yil davomida erishgan yutuqlari, sohadagi kamchiliklar, hozirgi kundagi korxonaning xalq hayotidagi ahamiyati, bugungi kundagi o’rni, yetuk mutaxassislarga bo’lgan talabning yuqori darajada ekanligi, korxonada texnologik jihozlar va uskunalar muttasil yangilanib borilayotganligi, korxonada keksa avlod vakillari o’rnini  yosh, bilimli kadrlar bilan boyitb borilayotganligi, yosh avlod vakillari sifatida filial talabalari ham o’qishni bitirgandan keyin shu va shunga o’xshash korxonalarda mehnat faoliyatini davom ettirishi mumkinligini ta’kidladilar.

“Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” mas’ulyati cheklangan jamiyat nafaqat respublikamizda, balki butun dunyodagi yirik korxonalardan biri ekanligi qayt etildi.

Filial talabalari bir qancha o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Korxona vakillari berilgan savollarga qoniqarli javoblar berdilar.

Suhbat davomida “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” ma’sulyati cheklangan jamiyati  faoliyati  to’g’risida  hikoya qiluvchi videorolik namoyish qilindi. 

Davra suhbati yakunida korxona vakillariga hamda tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirildi hamda bunday uchrashuvlar yana davom ettirilishi ta’kidlandi.

Scroll to Top