“Targ’ibot poyezdi” Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialiga Toshkent davlat Yuridik universiteti dotsenti Alisher Jumaqulov raisligidagi  7 nafar faol talabalardan iborat “targ’ibot poyezdi” “Tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida targ`ibot tadbiri o’kazish uchun yetib keldi.

 “YANGI O’ZBEKISTON, YANGI KONSTITUTSIYA” shiori ostida tashkil etilgan targ’ibot tadbirida viloyat Adliya boshqarmasi Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy ishlar sudining sudyasi O.Qurbonov, Shahrisabz shahar fuqarolik sudi iqtisodiy ishlar bo`limi sudyasi A.Safarov, fuqarolik ishlari tumanlararo sudyasi Ya.Omonov, Shahrisabz shahar Adliya boshqarmasi boshlig`i O.Umarov, Shahrisabz shahar Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi A.Begimov, filial direktori Sh.Mutalov, professor-o`qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

  Tadbirda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarga mamlakatimizda Referendum o‘tkazish g‘oyasini yuzaga kelish tarixi va yangilanayotgan Konstitutsiyamizda yuz berayotgan o‘zgarishlar va ularning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

    Tadbir ko‘tarinki ruhda, qizg‘in tusda o‘tdi.

Scroll to Top