Joriy yilning 10-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Xoliqov Abduvali Jonizoqovich tashrif buyurdi. Dastlab fizika va kimyo laboratoriya xonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, filialda talabalar, ilmiy izlanuvchilar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar, taʼlim sifati jarayonlari, ilmiy salohiyat, masofaviy o‘qitish tizimida foydalanilayotgan moodle va HEMIS dasturlarining kamchiliklari va afzalliklari haqida o‘zaro fikr almashdilar.
Filial ma`naviyat xonasida tyutorlar bilan alohida suhbat o`tkazildi.
Shundan soʻng, TKTI Shahrisabz filialida tashkil etilgan bitiruvchilarning o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga ko‘maklashuvchi o‘quv-ilmiy ishlab-chiqarish laboratoriyasi bilan tanishishdi va o`z fikr-mulohazalarini bildirishdi.