TKTI SHAHRISABZ FILIALINING ILK QALDIRG’OCHLARI.

TKTI SHAHRISABZ FILIALINING ILK QALDIRG’OCHLARI.

Joriy yilning 19-sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining faollar zalida “Oziq-ovqat texnologiyasi” (Don mahsulotlari), “Konservalash texnologiyasi”, “Bijg’ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi”, “Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi” hamda “Vinochilik texnologiyasi” yo’nalishlari bakalavr ta’lim yo‘nalishini tugatgan bitiruvchi yoshlarimizga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirni filial direktori professor Sh.A.Mutalov ochib berdi va

barcha talaba-yoshlarga 4 yil davomida oʻzlarining aʼlo oʻqishi, namunali xulqi va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardagi faolliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Mehmon sifatida ishtirok etayotgan ota-onalar va filialning faxrli talabalari barcha ustozlarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Shundan soʻng, jami 5 ta yo`nalishdan 74 nafar talabaga bakalavr darajasi berildi va ushbu diplomlar tanatanali ravishda oʻz egalariga topshirildi.

Oliygohni muvaffaqiyatli bitirib ketayotgan barcha yoshlarimizga: “Oq yo`l sizga bizning ilk qaldirg`ochlarimiz. Omad yo`r bo`lsin”,- deymiz.

Scroll to Top