Yakkabog tumani “ Chinobod ” MFY “Shamanqirg`iz” qishlog`idagi targ`ibot tadbiri

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi U.Sh.Davronov hamda filial ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, T.F.D.- S.S.Ravshanov, tyutor R.Bozorovlardan iborat targ`ibot guruhi Yakkabog tumani “ Chinobod ” MFY “Shamanqirg`iz” qishlog`ida navbatdagi targ`ibot tadbirni tashkil etishdi.

Unda mahalla faollari, xotin-qizlar va yoshlardan iborat 100nafardan ortik aholi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy Qonun loyihasi va bosh qomusimizga kiritilayotgan normalarga alohida to‘xtalib, ularning ahamiyati to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Scroll to Top