Yuristkonsult ishtirokidagi davra suhbati. 

Yuristkonsult ishtirokidagi davra suhbati.

       O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to’g’risida”gi Qonunining 7-moddasi birinchi qismining birinchi, to’rtinchi xatboshilariga muvofiq, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar o’z vakolatlari doirasida markaziy devonga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini o’z tarkibiy va hududiy bo’linmalariga o’z vaqtida yetkazilishini ta’minlash nazarda tutilgan

Joriy yilning 27-iyul kuni TKTI Shahrisabz filialida yuristkonsult T.Esanov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Unda filial yuristkonsulti so’zga chiqib, jamoaga 2023-yil 3-iyul kuni “O’zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi PF-107-sonli farmoni qabul qilinganligini ma’lum qilib o’tdi.

Shuningdek, ushbu farmon bilan aynan qaysi qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilganligi xususida so’z bordi.

Jumladan, “Oliy ta’lim rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4732-sonli farmoniga va “Oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish to’g’risida”gi PQ-61-sonli qaroriga bir qator o’zgarishlar kiritilganligini ma’lum qildi.

Kiritilgan o’zgarishlar va qo’shimchalar asosan islohatlar davrida tashkil etilgan yoki qayta tashkil etilgan, nomi o’zgartirilgan tashkilot va vazirliklar bilan bog’liq ekanligi yig’ilishda alohida qayd etib o’tildi.

Davra suhbatida filial jamoasi o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Scroll to Top