Sport

 

Joriy yilning 25- iyul sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining sport zalida tadbir bo’lib o’tdi.Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda sport murabbiysi
N. Raxmatov rahbarligida yaqin hududlarda yashovchi talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Shahrisabz shahar Xotin-qizlar qo’mitasining ayollar jamoasi va TKTI Shahrisabz filialining talaba-qizlar jamoasi o’rtasida sportning voleybol turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Uchrashuv juda ham qizg’in tarzda bo’lib o’tdi.
Talabalarimizni ta’til davrida bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun yana bir nechta tadbirlar rejalangan.

 

Scroll to Top