24-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori, professor Sh.A.Mutalov, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi U.Sh.Davronov hamda o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari B.Sirojovlar Kitob tumanining “Bashir” mahallasiga navbatdagi tashrifni amalga oshirishdi.
Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad, rektorga biriktirilgan turli ijtimoiy toifadagi yoshlar qatlami bilan xonadonlariga borib suhbat o’tkazishdan iborat.