“Bu buyuk Vatanda inson qadri ulug’, xotira – muqaddas”

oriy yilning 7-may sanasida Toshkent-kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali faollar zalida “9-may Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan” “Bu buyuk Vatanda inson qadri ulug’, xotira – muqaddas” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda filial direktori Sh.A.Mutalov, filial professor-o’qituvchilari hamda talabalari ishtirik etishdi. 

Tadbirni o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari B.Sirojov ochib berdi.

Tadbirda mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov yodga olinib, ularning xotiralaruga bag’ishlangan she’r o’qib eshittirildi.

Harbiylar hayotini yoritib beruvchi ko’plab sahna ko’rinishlari, jangovor mashqlar va harakatlar talabalar tomonidan namoyish etildi, tomoshabinlarning xayratiga va olqishlariga sazovor bo’ldi.

Tadbir mobaynida 2-sonli musiqa va san’at maktabining jaji raqqosa qizlari o’zlarining raqslari bilan tadbirga o’zgacha kayfiyat ulashishdi.

Tadbir so’ngida filial direktori Sh.A.Mutalov tomonidan 2-sonli Musiqa va San’at maktabi ishtirokchilariga Tashakkurnoma, shuningdek, tadbirni tayyorlashda beminnat yordam ko’rsatgan filialning Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Erkinjon Rahmonov hamda 4-20 guruh murabbiysi Feruza Umurkulovalarga esdalik sovg’alari topshirildi.

20-20 guruhdan iqtidorli talaba Ergashev Abdurauf.

Scroll to Top