Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz

OTM va XDP hamkorligi.

Toshkent kimyo-texnologia instituti Shahrisabz filiali hamda O‘zbekiston XDP Shahrisabz tuman kengashi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot tadbiri amalga oshirildi.

Tadbirda filial sirtqi bo`limi boshlig`i, O‘zbekiston XDP Shahrisabz shahar kengashi deputati Sh.Rahmonova, partiya faoli, ijodkor o‘qituvchi N.Razzoqovalar ishtirok etishdi. Unda O‘zbekistonda Mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqning hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar hamda mamlakatimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida tushunchalar berildi.

Ishtirokchilar bugungi tinch va erkin hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashash, mustaqil vatanimizning ravnaqi yo‘lida xizmat qilishlarini e’tirof etishdilar.

Scroll to Top