Darhaqiqat, hozirgi zamon talabi axborot texnologiyalari bilan uzviy bog’liq holda, zamonaviy erkin fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash, ularni hozirgi texnika taraqqiyoti asri bilan hamohang holda ulg’aytirishdan iborat.
Shu maqsadda, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 27-28-mart kunlari “Hack4Region” tanlovi o’tkazildi. Tanlovda viloyatimizdagi barcha oliygohlardan talabalar ishtirok etishdi. Aynan bizning Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialidan ham 20 ga yaqin qtidorli talabalar ishtirok etishdi.
Xususan, bizning filialimiz talabalaridan Xushmanova Yulduz, Nematxojiyev Sardor, To’xtayeva So’g’diyonalar sardorlik tanlovida o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan ishtirok etib, filialimiz nomini munosib himoya qilishdi va faxrli 3- o’rinni egallab qaytishdi.