Rektor Botir Shukrullayevich Usmonovning filialga tashriifi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Shukrullayevich Usmonov boshchiligidagi delegatsiya: talabalar orasida ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligini ta`minlashga mas`ul bo`lgan rektor maslahatchisi O.A.Akramov, “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo`limi boshlig`i A.A.Tursunovlar institutning Shahrisabz filialiga tashrif buyurishdi.

Institut rektori dastlab filial talabalarining turli fanlar bo‘yicha tanlov, sport musobaqalarida erishgan yutuqlari bilan tanishdi, bu yerda o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

 Muassasa professor-o‘qituvchilari bilan tashkil etilgan uchrashuv chog‘ida filial ilmiy salohiyatini oshirish, talabalarning nazariy bilimini mustahkamlashda qo‘llaniladigan o‘quv qo‘llanmalarini yaratish, yosh izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Scroll to Top