O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yilning 15-iyun kuni Tosheknt shahridagi Simpoziumlar saroyida diniy soha vakillari bilan uchrashuvda Islom dini ma’rifati va uning yoshlar hayotida tutgan o’rni, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qo’shgan bebaho xissasini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, diniy-ma’rifiy qadryatlarimizni targ’ib va tadqiq qilish maqsadida Toshkent shahrida Markaz tashkil etish taklifini kiritdilar.
Muhim tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan ushbu ezgu taklifni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O’zbekiston Islom madaniyati markazini tashkil etish chor-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3080-son qaroriga asosan Markaz faoliyati tashkil etildi.
O’zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyul PQ-5186-son Qarorining 2-bandiga asosan “Muqaddas islom dini bilan bog’liq boy merosni imiy tadqiq etish, uning Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojidagi o’rnini innovatsion usullar orqali targ’ib qilish” hamda joriy yil 8-aprel kuni davlat rahbarining markazga tashrifi doirasida Islom sivilizatsiyasi taqdimoti Respublika viloyatlar va xalqaro miqyosda o’tkazilishi topshirildi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 18-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Yangi O`zbekiston Uchinchi renessans poydevori” mavzusidagi Islom siivilizatsiyasi taqdimot tadbiri bo’lib o’tdi.
Unda Markaz bosh ilmiy xodimi – Mirzayev Nasriddin, Xatotlik bo’limi boshlig’i – Ma’matov Islom, Konservatsiya va Restavratsiya bo’limi boshlig’i – Po’latov Shuxratilla, Shahrisabz xattotlik bo’limidan – Musurmonov Bahodir hamda filial professor-o`qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirni filial direktori professor Sh.A.Mutalov ochib berdilar.
. So`ngra markaz bosh ilmiy xodimi Mirzayev Nasriddin so’zga chiqib, Allomalarning islom dini hamda fanga qo’shgan xissalari va Milliy reestr yuritish, qo’lyozmalar xususida to`xtalib o’tdilar.
So’zni Restavratsiya bo’limi boshlig’i Po’latov Shuxratilla davom ettirib, qo’lyozmalarni asrash, restavratsiya ishlari haqida ma’lumotlar berdilar.
Xattotlik bo’limi boshlig’i Mamatov Islom xattotlik san’ati, arab yozuvi turlari va markaz binosining portallari haqida tushunchalar berib, o`zlarining qo`l amaliy san`ati esdalik sovg`alarini topshirdilar.
Tadbir so’ngida barcha savollariga javob berildi.